So’nggi yangiliklar

17:33"Ливерпуль" МЮнинг трансфер мақсадини илиб кетиши мумкин 0 16:46Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2026 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:02Маҳмуд Мурадов Темировнинг мағлубиятига муносабат билдирди + ФОТО 0 15:17Двалишвили мағлубиятдан сўнг: "Бу машинани тўхтатиб бўлмайди" 0 14:40ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Қувайт клубини қабул қилади 0 13:56Манба: UFC 2027 йилда Россияда турнир ўтказиши мумкин 0 13:15Бугун оғир атлетикачиларимизнинг Жаҳон чемпионатидаги иштироки бошланади 0 12:33Янгиланган UFC рейтингида Богдан Гусков кўтарилди 0 11:48Ямалнинг отаси аэропортда официант қизнинг юзига тупуриб, эркак кишига стул отди 1 11:03Синдаров Clutch Chess турниридаги иштирокини муваффақиятли бошлади 0 10:22Toray Pan Pacific Open Tennis. Раҳимова дунёнинг 33-ракеткасини мағлуб этди 0 09:31Ўзбекистон ва Хитой крикет соҳасида ҳамкорликни янги босқичга олиб чиқмоқда 0 08:39Англия лига Кубоги. 4-даражали лиганинг 18-ўриндаги жамоаси "Арсенал"ни турнирдан чиқариб юборди 0 07:57Боксчиларимиз Жаҳон чемпионатида умумжамоа ҳисобида биринчи бўлишди 0 07:06Янгиланган UFC рейтингида Кавана кўтарилди. Темировчи? 0

13 sen 10:18
Yangiliklar

Boks/MMA

Noche UFC 4 turnirining bonus sohiblari malum

Glendeyl shahrida Meksika mustaqillik kuniga bag'ishlab o'tkazilgan Noche UFC 4 turnirining 100 000 va 25 000 dollarlik mukofot egalari elon qilindi.

Oqshomning uchinchi muhim jangida o'zaro murosasiz kurash olib borgan yarim engil vazn toifasi vakillari Tommi Makmillen va Marvan Raxiki "Kechning eng yaxshi jangi" uchun 100 ming dollarlik qo'shimcha mukofot puliga loyiq deb topildilar.

Ikkinchi raundda nokdaun holatiga tushib, muddatidan avval mag'lubiyat yoqasiga kelib qolgan amerikalik nafaqat jangni davom ettirdi, balki uchinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Bu safar marokashlik jangchi qiyin vaziyatga tushib qoldi. Garchi u jangni yakuniga etkazib qo'ygan bo'lsa-da, hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchradi.

"Kechaning eng yaxshi chiqishi" uchun bonuslar yarim engil vazn vakillari Jan Silva va SHon Kingga nasib etdi. Turnirning asosiy jangida braziliyalik Jan Silva qiyinchilik bilan bo'lsa-da, asli meksikalik AQSH sharafini himoya qilayotgan Xose Delgadoni uchinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etdi. SHon King esa tashkilotdagi debyutini muvaffaqiyatli o'tkazdi: u jangning atigi 36-soniyasida vatandoshi Jessi Rosasni nokautga uchratdi.

Muddatidan avval g'alaba qozongan Yusri Belgarui va Tomas Gant esa 25 ming dollardan qo'shimcha bonuslarga ega bo'lishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing