14 fev 19:25
Yangiliklar

Nodirbek Abdusattorov Freestyle Chess Grand Slam turniridagi ishtirokini yakunladi
Ayni daqiqalarda musobaqada hal qiluvchi final uchrashuvlari bo'lib o'tmoqda. Turnir bosh sovrini uchun amerikalik Fabiano Karuana musobaqa kashfiyotiga aylangan germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi bahs olib boryapti va u o'z vatanidagi musobaqada chempion bo'lishga yaqin turibdi.
Afsuski, Nodirbek Abdusattorov 5-o'rin uchun kechgan har ikkala bahsda amerikalik Hikaru Nakamuraga yutqazib qo'ydi. Nodirbek kechagi mag'lubiyatdan keyin bugun ijobiy natija qayd eta olmadi. Reytingning uchinchi pog'onasida borayotgan Hikaru bugun oq donalarda zafar quchib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi.
Hikaru Nakamura 50 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega bo'ldi. O'n ishtirokchi orasida 6-pog'onadan joy olgan Nodirbek Abdusattorov esa 40 000 dollar bilan Vatanga qaytadi. Ayni daqiqalarda Javohir Sindarov 3-o'rin uchun norvegiyalik afsona Magnus Karlsenga qarshi bahs olib bormoqda. Kechagi ilk uchrashuvda Magnus zafar quchgandi.
Fikrlar