27 okt 11:34
Yangiliklar
Nodirbek Jumanazarov jahon chempionati sovrindori! Umidjon Jalolov bugun oltin medal uchun gilamga chiqadi
Dunyo birinchiligi erkin kurash bahslarining ikkinchi kuni ham O'zbekiston terma jamoasi uchun nisbatan muvaffaqiyatli keldi. 57 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Nodirbek Jumanazarov jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo'ldi. U bronza uchun kechgan bellashuvda ukrainalik Vladislav Abramovni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
65 kg vaznda kurashgan terma jamoamiz azosi Umidjon Jalolov saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tib, finalga yo'l oldi. O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi barcha musobaqalarning chempioni bo'lgan Jalolov 1/8 finalda ukrainalik Mikita Goncharovni 3:2, 1/4 finalda ozarbayjonlik Ayxan Abdullazadani 6:1, 1/2 finalda esa qirg'izistonlik Bilol SHarip uuluni 5:2 hisobida taslim etdi.
Bugun Umidjon Jalolov jahon chempionatining finalida hindistonlik Sujit Sujitga qarshi gilamga chiqadi. Ushbu bahs bizning vaqt bilan taxminan soat 21:00da boshlanadi.





Fikrlar