08 mar 17:37
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				 
				
			 
				"Nokaut bo'ladi". Adesanya Pereyra - Ankalaev jangiga taxmin bildirdi
Sobiq UFC chempioni Israel Adesanya Aleks Pereyra va Magomed Ankalaev jangi bo'yicha o'z taxminini bildirdi.
			"Menimcha, Pereyra g'alaba qozonadi, chunki u hozir yuqorilashda davom etmoqda. U juda ko'p sayohat qilayotgan bo'lsa ham, janglarga doim tayyor bo'ladi.
Ankalaevning yagona imkoniyati – Pereyrani xatoga yo'l qo'yganda tutib qolish. Agar u qarshi hujum paytida to'g'ri zarba bersa, bu kecha Pereyra uchun xavfli bo'lishi mumkin.
Lekin menimcha, jang shunday tugaydi: lou-kik, lou-kik, lou-kik, chap xuk. Pereyra muddatidan oldin g'alaba qozonadi. Jang to'rtinchi yoki beshinchi raundda nokaut bilan tugaydi", - dedi UFC'ning sobiq chempionlaridan biri Israel Adesanya.
            Havola            :         
                    Manba                : MMA Junkie
             
			
Fikrlar