So’nggi yangiliklar

19:10Ўзбекистонлик ҳакамлар ОЧЛ-2 доирасидаги баҳсни бошқаради 0 18:47Доғистон - Ирландия! Хабиб ва Конор PFL'да ўзаро тўқнаш келишадими? 0 18:24Усик Фьюри билан жанг ҳақида: "Бир ой қолди" 0 18:01Йўғе?! Жейк Пол акаси Логан билан жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:39"Кимгадир ёқар лола, ким атиргул шайдоси". Дунё юлдузлари қайси жамоаларга мухлислик қилади? 0 17:17UFC 309 турнирида жанг қилган юлдузлар қанча муддатга тиббий дисквалификация олгани маълум 0 16:54Пол Тайсон билан жангда 90 миллион ишлаб олгани ҳақидаги миш-мишларга жавоб берди 0 16:25Катталар ўртасидаги Ўзбекистон чемпионатининг илк кунги саралаш баҳсларидан ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:04Сан-Марино терма жамоаси ЖЧ-2026га йўл олиши мумкин. Қандай қилиб?! 0 15:43IBF'нинг янгиланган рейтингида бир нафар боксчимиз қолди 0 15:22"Мераб Умар билан жангдан қочмоқда" - Петр Ян 0 15:01Ҳумоюн Султонов Калабурагида 1/4 финалга чиқди 0 14:40Клопп фаолиятини умуман кутилмаган жамоада давом эттириши мумкин 0 14:19Тайсон - Пол жангида рекорд ўрнатилди - Netflix 0 13:58"Нурмагомедов чемпионлик жангига лойиқ эмас" - Петр Ян 0

06 iyu 19:48
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Nokaut qilmasang, g'alaba raqibniki bo'ladi! Yoxud UFC hakamlari asosiy rolga chiqqanda...

O'tgan tongda Amir Albazi hakamlarning bahsli qarori bilan (shaxsan men uchun shunday) Kay Kara-Fransni mag'lub etdi.

O'zi umuman olganda, so'nggi yillarda dunyoning eng yaxshi MMA promoushenidagi hakamlarga ancha savollar yig'ilib qoldi. Ular chiqarayotgan qarorlar muxlislar tomonidan shubha va kulgu ostida qarshi olinayotgani bor gap.

Ayniqsa bazi tajribali jangchilarga nisbatan ko'proq guvohi bo'lyapmiz bahsli qarorlarning. Xo'sh, UFC hakamlari "o'zga olamdanmi"? Yoki UFC'ning yangi etishib chiqayotgan "proekt" jangchilarini faqat nokaut qilib yutish mumkinmi?

So'nggi bir yilning o'zida o'nga yaqin katta jangda hakamlarning "baholari" muxlislar tanqidiga sabab bo'ldi. Keling, yaxshisi, hakamlar qurboniga aylangan jangchilarni eslab o'tamiz.

Kay Kara-Frans - Amir Albazi

Yuqorida aytganimdek, mazkur jang yakshanba tongida Las-Vegasdagi UFC Vegas 74 turnirining asosiy voqeasi sifatida o'tdi. Lekin undagi hakamlik bunga mos bo'lmagandek, go'yo. Kay Brendon Morenodan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng jarohatini davolash bilan band bo'ldi, u qariyb bir yil davomida janglarda ishtirok etmadi. Har ikki jangidan biri bekor qilinadigan bog'dodlik Amir esa bu jangga to'rtta g'alabali seriya bilan etib keldi. O'ta engil vazn toifasi (-57 kg) reytingida uchinchi pog'onani egallab turgan yangi zelandiyalik Kay Kara-Frans ettinchi o'rindagi iroqlik Amir Albazi bilan jangni yaxshi tempda boshladi. Birinchi raund deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi raundda esa Albazi ustunlikni o'z tomoniga og'dirdi. Uchinchi raundda Amir Kayni sabmishenga tushirdi, natija deyarli 90 % hal bo'lgan vaziyatda Kay o'zidan Muhammad Mokaevni "yoqib oldi" va vaziyatdan chiqib ketdi. Aytish mumkinki, jangning ikkinchi va uchinchi raundini Amir o'ziniki qildi. Ammo to'rtinchi raunddan Kara-Frans o'z shturmini boshladi. Ketma-ket zarbalar natijasida deyarli umuman parterga imkon qoldirmadi Amir uchun. To'rtinchi raunddan so'ng ekspertlar 2:2 hisobini ko'rsatayotgan edi. Uchinchi raunddan so'ng g'alabani Amirga berayotgan bukmekerlar esa endi Kay tomonda edi. Beshinchi, hal qiluvchi raundda ham Kay ustunlikni saqlab qoldi, jang yakunida u o'z g'alabasiga haddan ortiq ishonayotgan edi. Ammo jang 48:47, 47:48, 47:48 hisobida iroqlik Amir Albazining g'alabasi bilan yakunlandi. Bundan MMA olami vakillari deyarli shokka tushdi va hamma hakamlarni tanqid qilishga (so'kishga) tushdi.




Kayning o'zi esa jangdan so'ng Twitter'da shunday deb yozib qoldirdi:

"Butun dunyo ko'rdi, aslida kim g'alaba qozonganini. SHunga qaramasdan, boshimizni tik ko'taramiz. Endi oilamga vaqt ajrataman, so'ngra yana mashg'ulotlarga kirishamiz!"

O'ta engil vazn toifasida chempionlik uchun davogarligini saqlab kelgan Kay Kara-Frans yangilangan reytingda pastlashi aniq, uning mag'lubiyati orqali Amirga yo'l ochildi. Mazkur vazn chempioni Brendon Moreno bir oydan so'ng o'z titulini Alexandro Pantoyyadan himoya qiladi. Asosiy davogarlardan biri Deyvison Figeyredoning Manel Kape bilan jangi bekor bo'lganidan xabardorsiz.




SHon O'Melli - Petr Yan

Bu jangga yarim yil yil to'lgan bo'lsa ham, hech kimning esidan chiqmagan bo'lsa kerak. 2022 yil oktyabrida Abu-Dabida tashkil etilgan UFC 280 turnirining eng yorqin janglaridan biri aynan shu bo'lgan edi. Eng engil vazn toifasi (-61 kg) vakillari o'rtasidagi davogarlik jangi edi bu. O'shanda Yan Sterling bilan revansh jangida ham mag'lub bo'lgan edi. UFC'ning "proekt" jangchisi bo'lmish SHon esa hatto top-10 da ham yo'q edi. Jang avvalida ko'pchilik amerikalik O'Mellining ustunligini taxmin qilgan edi. Ammo uch raundlik jangda Petr kichik uchtunlikka erishdi. Jangdagi zarbalar statistikasiga qaraydigan bo'lsak, SHonning natijasi yaxshi ekanini ko'ramiz: 84-58. Ammo teydaunlar va parterdagi nazorat ustunigi Petrda: 6 ta teykdaun, va parterda 6 daqiqa nazorat! Jangda SHon O'Melli hakamlar qarori bilan g'alaba qozongan edi: 29-28, 28-29, 29-28.

Jangdan so'ng ko'pchilik UFC jangchilari va muxlislari Petrdan g'alabani ochiq o'g'rilashdi, mazmunidagi fikrlari bilan bo'lishgandi. Jang natijasiga ovoz beruvchi xorijiy jurnalistlarning 72 %i Petrni jangda g'olib deb topishgan edi. Ertasi kuni Petr ijtimoiy tarmoqlarda shunday deb yozdi: "Jin ursin bu hakamlarni...".




Peddi Pimblett - Jared Gordon

Mazkur jang dekabr oyida, UFC 282 turniri doirasida bo'lib o'tgan edi. Jangdan oldin, shaxsan men, "qariya" Jared hech bir qarshiliksiz mag'lub bo'lsa kerak, deb o'ylagan edim. Ammo kutilmaganda amerikalik jangchi Peddiga haqiqiy jang qanday bo'lishini ko'rsatib qo'ydi. Jangda zarbalar bo'yicha kichik ustunlik Peddida bo'ldi: 63-60. Ikkinchi va uchinchi raundlarda Gordon uchta teykdaun amalga oshirdi va olti daqiqa parterda nazorat o'rnatdi. So'nggi raundda ham Jared raqibiga umuman imkon qoldirmadi va buning oqibatida Peddi hatto klinchga kirishga majbur bo'lib qoldi.

Eng qizig'i, bu safar hakamlar bir ovozdan Peddini g'olib deb topishdi: 29-28, 29-28, 29-28. Ko'plab jurnalistlar, ekspertlar va ijtimoiy tarmoqdagi foydalanuvchilarning 91% qismi jangda Peddi mag'lub bo'lganini bildirdi. Umuman olganda, bu yana bir UFC "proekt"ining ilk mag'lubiyati bo'lishi mumkin edi, ammo...

"Mendan g'alabani o'g'rilashdi, buni hamma biladi. O'sha holatda yig'lashim mumkin edi, ammo men bundan-da yoqimsizroq holatlarga tushganman", - degan edi jangdan keyin Gordon.




Magomed Ankalaev - Yan Blaxovich

Bu jang ham UFC 282 turnirida bo'lib o'tgan edi. Bitta turnirdagi ikkinchi katta "qovun"! Magomed Ankalaev va Yan Blaxovich yarimog'ir vazn toifasidagi vakant kamar uchun jang qilgan edi. Kamar Irji Proxazkaga tegishli edi. Ammo u Teysheyra bilan revansh jangidan avval jarohat oldi va kamarni vakant qoldirishga qaror qildi. Teysheyradan keyingi birinchi davogar esa aynan Magomed edi. Gloverga Ankalaev bilan jang qilish taklif etildi, ammo "qariya" buni rad etdi. Natijada kamar uchun rossiyalik Magomed Ankalaev va Polsha vakili Yan Blaxovich jang qiladigan bo'ldi.

Ochig'ini aytadigan bo'lsam, bu eng zerikarli chempionlik janglaridan biri bo'lgan edi.

Dastlabki ikki raundda Blaxovich yaxshiroq ko'rindi, lou-kiklar, ikkala qo'lda ham yaxshi zarbalar. Magomed jangni haqiqatan ham juda passiv boshlaydi. Ammo uchinchi raunddan boshlab, chempionlik raundlarini o'z ustunligida o'tkazadi. Zarbalar statistikasiga qaraydigan bo'lsak, 78-55 hisobida Magomedning ustunligini ko'ramiz. Ankalaev jang davomida shuningdek ikki bor teykdaun ham amalga oshirgan (Blaxovichda esa bu ko'rsatkich 0 ga teng). Umuman olganda, Ankalaev jang davomida 11,5 daqiqa vaqtini parterdagi nazoratga sarflagan.

Jang so'ngida esa Maykl Bell 48:47 hisobida g'alabani Blaxovichga beradi. Derek Kliri esa 48:46 hisobida Ankalaevning g'alabasini qayd etadi. So'nggi hakam — Sel D'Amato esa 47:47 hisobi bilan jang natijasini durang deya baholaydi.

MMA Decisions nashrining 25 nafar jurnalistidan 23 tasi Magomedning g'alabasini qayd etadi, tarmoqdagi 58 % foydalanuvchilar esa ularning fikrlarini yoqlaydi.

Rossiyalik jangchi esa hakamlarning bu qaroridan juda norozi kayfiyatda ekanini yashirmagan edi:

"Biz qo'limizdan kelganini qildik. Jang unchalik yorqin o'tmagandir, ammo biz unda g'alaba qozondik. Hakamlar esa buni meng bermaslikka qaror qilishdi va durang qayd etishdi. Men g'alaba qozonish uchun hamma narsa qilganimni his qildim, ammo qarorni hakamlar qabul qildi, bu vaziyatda siz hech narsa qila olmaysiz..."




Bundan tashqari, Josh Emmet va Kelvin Kattar, Mateush Gamrot va Arman Carukyan o'rtasidagi janglarda hakamlarning qarorlariga ko'plab etirozlar bildirilgan edi. O'ylashimcha, dunyoning eng katta MMA promoushenida yuzaga kelayotgan bu vaziyatlarga ham qachondir rahbariyat tomonidan to'xtalinadi va bu vaziyatlarning kelgusida yuzaga kelmasligi uchun tajribali hakamlar jalb qilinadi...



Diyorbek Mavlonov

Materialni tayyorlash jarayonida Pavel Zodorinning "Teatr absurda v silneyshem promoushene mira" maqolasidan foydalanildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing