14 noy 15:21
Yangiliklar
"Nokaut"! Xollouey Maxachev – Della Maddalena jangiga taxmin bildirdi
Yarim o'rta vazn (77 kg gacha) chempionlik jangi 16 noyabr kuni tongda Nyu-York (AQSH) shahri mezbonliki qiladigan UFC 322 turniri doirasida bo'lib o'tadi.
"Men o'zimni aqldan ozgan deb atayman, ammo bu jangda Jekni ustun qo'yaman. Dastlabki ikki raund juda raqobatli bo'ladi va jang qanday rivojlanishini ko'ramiz. Della Maddalenaning kurashdan himoyalanishi va unga qanday qarshi usul qo'llay olishi jangda muhim rol o'ynaydi. Uning gavda tuzilishi, yani gabariti Islam uchun juda katta bo'lib qolishi mumkin.
Ha, tushunaman, Islam mashg'ulotlarda yarim o'rta vazn toifasi jangchilari bilan birga sparring o'tkazdi. Tan olaman, uning chidamliligi hayratlanarli. Ammo men shunday bo'lishini kutyapman – Jek uni charchatadi, keyin esa uchinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozonadi. Maddalena aniq va doimiy zarbalar berib boradi, ular esa asta-sekin tasir ko'rsatadi", - dedi Xollouey.

Fikrlar