16 apr 10:39
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/37030_220.jpg)
Nokautchi bokschini nokaut qilgan Rosales WBC chempioniga aylandi
Nikaragualik 23 yoshli bokschi Kristofer Rosales engil vazn (50,8 kg) toifasida jahon chempionlik kamarini qo'lga kiritdi.
U Yaponiyaning Yokogama shahrida o'tkazilgan professional boks kechasida mezbon bokschi 22 yoshli Daigo Xiguni mag'lubiyatga uchratib, WBC chempionlik kamari sohibiga aylandi.
Yaponiyalik bokschining murabbiylari to'qqizinchi raundda ring markaziga oq sochiq tashlab, mag'lubiyatni tan olishdi. Xiga shu kungacha 15ta jangining barchasida raqiblarini nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar