27 sen 18:14
Yangiliklar
Norinda ommaviy tadbirlar o'tkazilmoqda
Namangan viloyati bo'ylab, pandemiya davrida jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ'ib etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Norin tumanida tuman sport bo'limi, Bolalar-o'smirlar sport maktabi hamkorligida tumandagi mahallalarning nuroniylari, xotin-qizlari hamda yoshlar ishtirokida ommaviy badantarbiya mashg'ulotlari va “Sog'lom hayot uchun 5000 qadam” sport tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirlarda 1500 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Ishtirok etuvchilar sport inson salomatligining asosiy ustuni ekanligini qayd etishdi. Umumiy tarzda ommaviy badantarbiya mashg'ulotlaridan so'ng ishtirokchilar stadion bo'ylab piyoda yurib chiqishdi.
Fikrlar