24 fev 13:49
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari, Qishki sport turlari
Norvegiya medal jamg'arish bo'yicha Olimpiada rekordini o'rnatdi
Bugun Pxyonchxanda davom etayotgan Qishki Olimpiadaning tog' chang'i sport turi bo'yicha aralash turnirda Norvegiya terma jamoasi bronza medalini qo'lga kiritdi.
Bu norvegiyalik sportchilar tomonidan Pxyonchxan Olimpiadasida qo'lga kiritilgan 38-medal bo'ldi. Bu bilan skandinaviyaliklar bitta Olimpiadada eng ko'p medal qo'lga kiritish bo'yicha rekord o'rnatishdi.
Bundan avvalgi rekord AQSH terma jamoasiga tegishli bo'lib, amerikaliklar Vankuver-2010 Olimpiadasida 37ta medal (9-15-13) bilan taqdirlanishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar