So’nggi yangiliklar

20:01Аспиналл янги жанг борасида музокара кетаётганини айтди 0 19:40"Севинч" - 14 карра Ўзбекистон Кубоги соҳиби! 0 19:25Петр Ян Дейвисон Фигейредога қарши! UFC Макао турнирининг барча натижалари битта саҳифада! 0 19:19Петр Ян ва Дейвисон Фигейредо жанги тўлиқ давом этди 0 18:32UFC Макао. Co main event жанги тўлиқ давом этди 0 17:56Муслим Салиховнинг UFC Макао турниридаги жанги биринчи раунддаёқ якунланди 0 17:25Богдан Гусковнинг собиқ рақиби Волкан Оздемир UFC Макаода жанг қилди 0 17:09Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти" 0 16:30Эдди Хирн катта жанг ваъда қилди 0 15:58Адесанья фаолиятини якунлаш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 15:21Билол Муҳаммад: "Ян Фигерейдуни осонлик билан мағлуб этади" 0 15:00"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти 0 14:38Париж-2024 чемпиони проф боксга ўтишини эълон қилди 0 14:15Ҳумоюн Султонов Калабурагида бош соврин учун кортга чиқади 0 13:54Prezident Kubogi. Бугун 3-турда ўзбек дербисига гувоҳ бўламиз 0

19 iyu 11:52
Yangiliklar

Tennis

Novak Jokovich Alkaras haqida: "U dunyoning eng zo'ri ekanligini isbotlab bo'ldi" (to'liq matbuot anjumani)

Dunyoning ikkinchi raketkasi Novak Jokovich Uimbldon finalida Karlos Alkarasdan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.

- Kortda aytganimdek, mag'lub bo'lishimga yaqin bo'lgan ko'plab finallarda g'alaba qozonganman. Balki bu erdagi mag'lubiyat adolatli bo'lishi mumkin. Ammo bu juda og'riqli bo'ldi. Bunday yuqori saviyali bahslarda mag'lub bo'lish ham oson emas.

Karlosga tan berish kerak. U kerakli vaziyatlarda o'zini yaxshi boshqara oldi. O'z asablarini jilovlay bildi, hujumkor tennis o'ynadi, bunday yoshda tennis matchini bunday yakunlash... Menimcha, so'nggi geymda men ham yaxshi o'ynadim, to'pni yaxshi qabul qilgandim, ammo u zo'r zarba berdi.

Karlosni va uning jamoasini tabriklayman. O'yin barchaga yoqdi degan umiddaman. Oldinga qarab harakatlanish kerak.

- Sizdan ogohlantirishlar haqida so'ramoqchi edik. Birinchisini Siz o'yin vaqtini cho'zayotganingiz uchun oldingiz. Ikkinchisi Sizning kayfiyatingizni buzmadimi?

- Bu haqda gapirish noo'rin bo'lsa kerak. Ikkinchi geymda breyk-pointni amalga oshirdim. Unda ko'plab og'ir zarbalarni qabul qildim. Karlos juda zo'r o'yin ko'rsatdi va breyk qildi va bu uning beshinchi setdagi g'alabasiga sabab bo'ldi.

Birinchisi vaqtni cho'zganim uchun bo'ldi. Yana bir ko'ngilsiz holatlardan biri. Biroq barchasini boricha qabul qilish kerak.

- Siz o'yinga qaytib olish uchun qattiq kurashdingiz. Agarda afsuslanishingiz kerak bo'lsa, beshinchi setdagi breyk-point alamli bo'ldimi yoki ikkinchi setdagi tay-breyk?

- Ikkinchi setdagi tay-breyk bo'lsa kerak. To'g'risini aytsam, bekxendlar meni qiynab qo'ydi. Setbolda esa chap tomondan xato qildim, sakrab kelgan to'pni qabul qilishda qiynaldim. Lekin o'sha zarbada xato qilmasligim shart edi.

Keyin hisob 6:6 bo'lib turganida yana bir marta kortning o'rtasidan bekxend yo'lladim. SHunchaki ikkita juda yomon bekxend bo'ldi. Mana, bori shu. SHundan keyin tashabbus uning tomoniga o'tib ketdi, barchasi ag'dar-to'ntar bo'ldi. Uchinchi partiyada u o'yin tempini oshirib yubordi, men esa qanchadir vaqt davomida o'zimda bo'la olmadim.

Tezda o'zimga kelib oldim va to'rtinchi set o'rtalarida ritmga tushib oldim. O'shanda tashabbus mening tomonimga o'tganini sezdim va imkoniyatlarim oshayotganini tushundim.

O'sha breyk-pointda yaxshi drayv-volley bilan ochkoni qo'lga kiritdim. Biroq bugun shamol oldingilardan-da o'yinga tasir o'tkazdi. SHamol sababli to'p shunday joyga tushdiki, smeshni amalga oshira olmadim. SHu sababli ortga biroz tisarilib, drayv-volley amalga oshirdim. Uning qarama-qarshi tomonga yugurib ketayotganini ko'rgandim. SHu sababli uni qarshi yo'nalishda ushlamoqchi bo'ldim, biroq zarba o'xshamadi. Navbatdagi geymda kerakli bo'lgan geymni qo'lga kiritdim.

Albatta, afsuslanarli joylar ko'p bo'ldi. Menda yaxshi imkoniyatlar yuzaga kelayotgandi. Ikkinchi setdagi tey-breykni yanada yaxshiroq yakunlashim mumkin edi. Ammo unga oxirigacha kurashgani, o'zining qobiliyatlarini ochib begani, aldovchi zarbalar bergani uchun tan berish kerak. U g'alabaga loyiq edi.

- Buni katta raqobatning boshlanishi deb hisoblaysizmi?

- Umid qilamanki, men ko'proq kurashaman. U hali tennisda ancha vaqt bo'ladi. Men esa qancha qolishimni bilmayman.

Keling, vaziyatga qaraylik. Biz endi o'zaro uch o'yin o'tkazdik. Ushbu mavsumda esa "Katta Dubulg'a"ning so'nggi bosqichlarida ikki marta to'qnash keldik. U bilan US Open'da ham birga kuch sinashishimizga umid qilaman. Nimaga yo'q? Bu sport uchun juda muhim. Qachonki birinchi va ikkinchi raqamli tennischilarning o'zaro raqobati bo'lsa-yu, g'olib besh soatli trillerda beshinchi setda aniqlansa... Sportga bundan ortiq yana nima kerak?

- Karlosning gruntga ham, xardga ham, o'tga ham tezda moslashib olgani Sizni ajablantirmayaptimi? Mana endi u Sizni ham mag'lub etdi.

- Gruntga? Yo'q, ajablanmadim. U gruntda o'sgan. SHak-shubxasiz, uning o'yini grunt uchun juda mos. Barchasi u uchun yaratilgandek, xardda esa u bundan sal sekinroq o'ynaydi.

Biroq o'tdagi o'yini orqali u meni ajablantira oldi. U ushbu mavsumda o'tga tezda moslashib olgani orqali barchani ajablantirgan bo'lsa kerak. So'nggi ikki yilda u o'tda juda ko'p g'alabalarga erishdi. Uning uslubi o'tga ham mos tushadi.

Unga "Queen's" juda ko'p yordam berdi deb o'ylayman. U birinchi o'yinda mag'lubiyatga juda yaqin edi, biroq keyin barchasini o'zgartirib, hamma kuchli raqiblarini dog'da qoldirib ketdi.

Uimbldonning kortlari Aorangi-bog'i yoki "Queen's" kortlaridan ko'ra biroz sekinroq. U orqa chiziqda yaxshiroq o'yin ko'rsatadi. Uning to'pni kesib tashlashlari, shuningdek, to'rning yonida to'pni qabul qilishi odamni to'lqinlantirib yuboradi. Uning ushbu yildayoq o'tlarda bunday kuchli o'yin namoyish qilishini bilmagandim. Biroq u hozirda dunyoning eng zo'ri ekanligini isbotlab qo'ydi.

- Agarda eng kuchli sifatini tanlash kerak bo'lsa, aynan qaysi bir jihatini tanlagan bo'lardingiz? Siz qarshi o'ynagan tennischilarning birortasi bilan Karlosni tenglashtira olasizmi?

- So'nggi 12 oy davomida uning o'yinlari Rojer, Rafa va mening o'yin uslublarim elementlaridan tashkil topganini aytishdi. Bu fikrga men ham qo'shilaman. U bizning eng yaxshi tomonlarimizni ko'chirib olibdi.

20 yoshli yigitcha uchun kuchli ruxiyat, o'zini tezda o'nglab olish hususiyatlari bor. Bu odamga doimo kuch beradi. Uni ispan buqalaridagi kayfiyat doimo ushlab turadi. Bu esa har bir raqibga qarshi jiddiy raqobat qilish, jangovar ruh, yaxshi himoyalanishni taqdim etadi. Buni biz uzoq yillar davomida Rafaelda ko'rganmiz.

Uning toyinib, bekxendlarini amalga oshirishi meniki bilan o'xshashdek tuyulmoqda. Himoyadagi o'yin orqali ikki qo'lli bekxendlar, vaziyatga tezda moslashish. Bu mening so'nggi yillar davomidagi eng yaxshi sifatlarim bo'lgandi. Unda bular ham bor.

To'g'risini aytaman, bunday tennischiga qarshi umuman o'ynamaganman. Rafa va Rojerda ham kuchli va nozik tomonlar bor edi. Karlos - maksimal darajada maqsad qo'yadigan inson. U har bir vaziyatga tezda moslashish qobiliyati bilan bemalol maqtansa bo'ladi. Fikrimcha, u uzoq yillar mobaynida barcha qoplamali kortlarda shug'ullangani uchun muvaffaqiyatlarga erishmoqda, - dedi serbiyalik tennischi matbuot anjumanida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing