09 noy 11:11
Yangiliklar
Novak Jokovich ATP Yakuniy turniridan "echildi"
Bu haqda uning o'zi kecha Afina shahrida yakuniga etgan ATP 250 turnirining finalidan keyin elon qildi. Novak ushbu turnirning bosh sovrinini qo'lga kiritgandi.
"Turindagi ATP Yakuniy turnirida ishtirok etishni juda ham xohalagandim. Afsuski, jarohat sabab uzoq kutilgan turnirda qatnasha olmayman. Elkamdagi jarohat qayta bezovta qilmoqda. Finalni ham jarohat va uning og'rig'i bilan o'tkazdim. Turnir tashkilotchilari va muxlislardan uzr so'rayman. Sizning qo'llab-quvvatlovingiz men uchun juda ham muhim. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman. Yana kortga qaytishimni sabrsizlik bilan kutyapman", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Novak.
Endi Jokovichning o'rnini Turindagi Yakuniy ATP turnirida Lorenco Muzetti egallaydi. Novak kecha Afina turniri finalida aynan italiyalik tennischini mag'lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar