31 dek 16:01
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich bolaligidagi uch asosiy kumirini aytdi
"Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 24 karra chempioni, jahonning sobiq birinchi raketkasi, serbiyalik Novak Jokovich bolaligidagi kumirlari haqida gapirdi.
"Mening kumirlarim Pit Sampras, Kobi Brayant va Alberto Tomba edi - ular o'z sport turlarida eng buyuk edilar. Men ularni muxlis sifatida qo'llab-quvvatladim. Agar tennischi bo'lmaganimda, nima bilan shug'ullanardim? Bolaligimda futbol o'ynashni yaxshi ko'rardim...", - deya Jokovichning Globe Soccer Award mukofotidan iqtibos keltiradi jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, 28 dekabr kuni Jokovich Dubay (BAA) shahrida bo'lib o'tgan Globe Soccer Award mukofotining "Yil sportchisi" nominaciyasini "Al-Nasr" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu qo'lidan qabul qilib olgan edi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar