09 noy 09:47
Yangiliklar
Tennis
Novak Jokovich faoliyatidagi 101-sovrinini Afinada qo'lga kiritdi
Greciya poytaxti Afina shahrida tennis bo'yicha ATP 250 toifasiga kiruvchi turnir yakuniga etdi.
Musobaqa bosh sovrini serbiyalik afsona Novak Jokovichga nasib etdi. Dunyoning beshinchi raketkasi hal qiluvchi final uchrashuvida reytingning to'qqizinchi pog'onasida borayotgan italiyalik Lorenco Muzettini uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi - 4/6, 6/3, 7/5. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida Novak katta farq bilan oldinda bormoqda - 9:1.
Roppa-rosa uch soat davom etgan final bahsida Jokovich 13, Muzetti 5 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Jokovich Afinada faoliyatidagi 101-sovrinini qo'lga kiritji. U 116 900 evro mukofot puli hamda 250 reyting ochkosiga ega bo'di. Muzetti esa 165 ochko hamda 68 035 evroga ega chiqdi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar