23 mar 08:05
Yangiliklar
Novak Jokovich reyting peshqadamligini boy berganiga munosabat bildirdi
“Men hech narsadan afsuslanmayman. Afsuslanish faqat o'tmishda yashashga majbur qilishini bilib oldim. Buni xohlamayman. Men hozir yashashni xohlayman, lekin, albatta, yaxshiroq kelajakni yaratish haqida ham o'ylayman.
SHuning uchun Alkarazni tabriklayman. U bu pog'onaga qaytishga mutlaqo loyiq.
Indian-Uells va Mayami turnirlarida o'ynay olmaganim achinarli. Menga bu musobaqalar yoqadi, u erda katta muvaffaqiyatlarga erishganman. Ammo shu bilan birga, men ongli ravishda shunday qaror qabul qildim va u erga borishimga halaqit berilishi mumkinligini tushundim. Umid qilamanki, US Open oldidan vaziyat o'zgaradi. Men uchun bu Amerikadagi eng muhim turnir",-dedi Jokovich.
Eslatib o'tamiz Novak Jokovich koronavirusga qarshi emlanmagani uchun AQSHdagi nufuzli "Masters" musobaqalarda qatnasha olmadi.
Fikrlar