06 iyu 11:34
Yangiliklar
Tennis

Novak Jokovich "Uimbldon"dagi 100-g'alabasini qo'lga kiritdi
Dunyoning oltinchi raketkasi Novak Jokovich "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi Uimbldon turnirining to'rtinchi davra ishtirokchisiga aylandi.
Serbiyalik yulduz uchinchi davrada ATP reytingida 49-o'rinni egallab turgan vatandoshi Miomir Kecmanovichni 6/3, 6/0, 6/4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Hamyurtlarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob yiriklashdi - 4:0.
Bir soatu 50 daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 16, Kecmanovich 3 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Breyklar bo'yicha ustunlik 6 ga 1 ko'rinishida g'olib tennischi tomonida bo'ldi. Jokovich Uimbldon kortlaridagi yubiley 100-g'alabasini tantana qildi. Avvalroq bunday natijaga shveycariyalik Rojer Federer va amerikalik Martina Navratilova erishgandi.
Endi Novak Jokovich 1/4 final yo'llanmasi uchun avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar