15 may 14:23
Yangiliklar
Futbol
Noyer Germaniyaning JCH uchun kengaytirilgan qaydnomasiga kiritildi
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer Germaniyaning Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibidan joy oldi.
Manbaning malumotlariga qaraganda, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 40 yoshli darvozabonni 55 nafar futbolchidan iborat kengaytirilgan ro'yxatga kiritgan. Ro'yxatda 5 nafar darvozabon borligi aytilmoqda.
Noyer 2024 yilning avgust oyida milliy terma jamoadan ketganini elon qilgandi. Darvozabon ushbu mavsum barcha musobaqalarda 36 o'yinda qatnashib, 11 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
"Nemis mashinasi" mundial "E" guruhida Kyurasao, Kot-d'Ivuar va Ekvador bilan ro'baro' keladi.

Havola :
Fikrlar