So’nggi yangiliklar

01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0 11:18Чемпионлик сари йўл. Зангиота руҳи мададкор бунда! 0

09 okt 10:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Nukusda MMA bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati boshlandi

Biroz avval Nukus shahridagi muhtasham “Manej” sport majmuasida aralash yakkakurashlar (MMA) bo'yicha birinchi Markaziy Osiyo chempionati start oldi.

Havaskorlar o'rtasida o'tkazilayotgan musobaqada O'zbekiston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va Ozarbayjon yakkakurash ustalari jami 10 ta vazn toifasida bahslarga kirishadi.   

Bugungi saralash bellashuvlari 52.2, 56.6, 61.2, 65.8, 70.3, 77.1, 83.9, 93, 120 va +120.2 kg vazn toifalarida o'tkaziladi. Janglar 3 raunddan iborat bo'lib, har bir raund 3 daqiqa davom etadi. Soat 19:00da yarim final janglari boshlanadi. Ertaga esa final janglari o'tkaziladi.   

Soat 18:00da Markaziy Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Jenisbek Piyazov o'z qo'shiqlari bilan ishtirokchi hamda tomoshabinlarga bayram kayfiyatini ulashadi. 

Markaziy Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi Xumoyunshoh Zokirov, Behruz Isroilov, Xusniddin Sattorov, SHukurullo Rustamov, Behruz Akbarov, Munis Mo'minjonov, Ikrom Erjanov kabi tajribali sportchilar bilan bir qatorda 20 nafar havaskor kurashchilar g'oliblik yo'lida mahoratlarini namoyish etadilar.  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing