So’nggi yangiliklar

14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0 07:32Синдаров ва Гукеш матчида вақт назорати маълум бўлди 0

08 okt 12:23
Yangiliklar

Boks/MMA

Nukusda MMA bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati boshlanmoqda

Teglar :  MMA
9-10 oktyabr kunlari Nukus shahrida aralash jang sanatlari bo'yicha havaskorlar o'rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

Malumki, 2020 yil 9 fevralda Markaziy Osiyo aralash jang sanatlari Konfederaciyasi (CAMMAC)ga asos solingan.

Nukusda ilk bor start olayotgan tarixiy chempionat CAMMAC va O'zbekiston aralash jang sanati associaciyasi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Markaziy Osiyo sport tarixida birinchi marta o'tkazilayotgan mazkur turnirda tashkilotga azo bo'lgan 5 ta mamlakat vakillari ishtirok etadi. Yani, O'zbekiston,  Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Ozarbayjonlik aralash jang sanati ustalari g'oliblik uchun  bellashishadi.

Musobaka oldidanNukus shahridagi Tadbirkorlar palatasi majlislar zalida Markaziy Osiyo aralash jang sanatlari Konfederaciyasi vakillari, chempionat hakamlari, tashkilotchilar ishtirokida Matbuot anjumani o'tkaziladi.

Unda tashkilotchilar OAV xodimlarini kiziktirgan savollarga javob berishadi. 

9 oktyabr kuni Nukus shahridagi muhtasham “Manej” sport majmuasida Markaziy Osiyo chempionatining ilk bahslariga start beriladi. CHempionatda sportchilar 52.2 kg, 56.6 kg, 61.2kg, 65.8kg, 70.3kg, 77.1kg, 83.9 kg, 93 kg, 120 kg, va +120.2 kg vazn toifalarida kurash olib borishadi. Janglar 3 raunddan iborat bo'lib, har bir raund 3 dakika davom etadi. CHempionat dasturiga binoan; 

9 oktyabr:   

10:00  saralash janglari

18:00  Markaziy Osiyo chempionatining ochilish marosimi

19:00  yarim final janglari

10 oktyabr soat 10:30   final janglari va takdirlash marosimi  

Markaziy Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi Xumoyunshox Zokirov, Bexruz Isroilov, Xusniddin Sattarov, SHukurullo Rustamov, Bexruz Akbarov, Munis Mo'minjonov, Ikrom Erjanov kabi tajribali sportchilar bilan bir qatorda 20 nafar havakor sportchilar g'oliblik uchun Nukus sport maydonidagi musobaqalarda qatnashishadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

   
08 okt 14:00:32
WORKOUT
120+ vazn kerakmas edi shu ortiqcha Musobaqaning 120 gacha bo'agani maqul Ufc dayam shunaqa sportchilar ortiqcha vaznga ega bo'lmaydi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing