So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

28 okt 09:05
Yangiliklar

Tadbirlar

Nukusda ommaviy sport tadbirlari o'tkazildi

Sog'lom hayot sari 5000 qadam shiori ostida yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasida pandemiya davrida jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish, ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyatini targ'ib etish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan tashkil qilingan ommaviy yurish marafoni ommaviy sport tadbirlarining mantiqiy davomi va chinakam sport bayrami bo'ldi.

«Sog'lom hayot sari 5000 qadam» shiori ostida yurish marafoni hamda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi. Yurish marafoniga Nukus shahridagi flagshtok maydonidan start berildi. Ishtirokchilar belgilangan masofani bosib o'tgach, shu maydonda badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

SHuningdek, Qashqadaryoda ham sog'lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish, aholi keng qatlamlarini, ayniqsa keksalar va yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanishga jalb etish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatda ommaviy sport tadbirlari doimiy o'tkazib kelinmoqda.

Qoraqalpog'istonda bo'lgani kabi Qashqadaryoda ham «Sog'lom hayot sari 5000 qadam» shiori ostida yurish hamda ertalabki badantarbiya mashg'ulotlari o'tkazildi.

Bunday tadbirlar Respublikamizning barcha hududlarda o'tkazilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing