10 apr 11:21
Yangiliklar
Ot Sporti
Nurjan Tuyakbaev jahonning eng kuchli yigirma nafar chavandozi orasidan joy oldi
AQSHning Omaxa shahrida ot sporti turlari bo'yicha Jahon kubogining final bosqichi nihoyasiga etdi.
Konkur dasturida “Lanselotta” laqabli tulporda ilk bor ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azosi Nurjan Tuyakbaev musobaqani kuchli yigirmatalikda yakunladi. G'olib va sovrindorlar ro'yxati:
1. Xenrik Von Ekerman (SHveciya)
2. Garri Smolders (Niderlandiya)
3. Xanter Xollouvey (AQSH) …
Bahslarda sportchilar 160 sm balandlikdagi to'siqlardan sakrashdi.
Eslatib o'tamiz, Nurjan Tuyakbaev Jahon kubogiga 2022 yil o'tgan Evrosiyo ligasining g'olibi sifatida yo'l olgan edi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar