11 dek 14:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov agar chetlatilsa nima qilishini aytdi
Agar Xabib Nurmagomedov sport komissiyasi tomonidan diskvalifikaciya qilinadigan bo'lsa jahon bo'ylab turni davom ettiradi.
Bu haqida sportchining otasi Abdulmanap Nurmagomedov aytib o'tdi.
"Agar 9 oylik diskvalifikaciya bo'lsa, ertalab mashg'ulotlar o'tkaziladi. 3,5 soatgacha. SHuningdek, jahon bo'ylab safarga chiqamiz.
Men va Xabib musulmonlar ko'p bo'lgan Malayziya va Indoneziyaga borishni istaymiz. SHuningdek, qo'shnilarimiz - Ozarbayjon chaqirmoqda, Turmanboshi taklif qilgan. Qirg'iziston prezidenti ham shaxsan o'zi bizni chaqirdi. Bu mamlakatda bizni juda ajoyib kutib olishdi va yaxshi qo'riqchilar berishdi", - dedi Abdulmanap.
Eslatib o'tamiz, Xabib va Konor ishi bo'yicha yig'ilish 29 yanvarga qoldirildi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar