16 jan 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA
Nurmagomedov Rossiya MMAsi tarixidagi Top-5 jangchilarni aytdi
Engil vazn toifasida PFL chempioni, mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan rossiyalik Usman Nurmagomedov YouTube’dagi Home of Fight kanaliga intervyu berdi.
Usman intervyu davomida Rossiya MMAsi tarixidagi eng yaxshi besh nafar jangchi haqidagi savolga ham javob qaytardi. Nurmagomedov o'z ro'yxatini quyidagi ketma-ketlikda joylashtirdi - Xabib Nurmagomedov, Islam Maxachev, Fyodor Emelyanenko, Umar Nurmagomedov, Pyotr Yan. Umar Aleksandr SHabliyni ham eslatib o'tish joizligini qo'shimcha qildi.
Malumot uchun, Usman Nurmagomedov ayni paytda 27 yoshda. Rossiyalik professional sifatidagi debyutini 2017 yilda o'tkazgan. U aralash yakkakurashlarda hozirgacha 20 ta jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Uning ishtirokidagi yana bir jang o'tkazilmagan deb topilgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar