28 avg 07:31
Yangiliklar
Nurmagomedov Song Yadongdan engilroq tosh bosdi
Biroz avval UFC Fight Night 286 turniri ishtirokchilari tarozidan o'tish marosimida hozir bo'lishdi. Oqshomning asosiy jangi o'ta engil vazn (61 kg gacha) toifasida UFC kamari uchun sobiq davogar, rossiyalik Umar Nurmagomedov hamda xitoylik Song Yadong o'rtasida bo'lib o'tadi.
Nurmagomedova tarozida 135,5 funt (61,4 kg), Yadong — 136 funt (61,6) tosh bosdi.
Malumot uchun, 30 yoshli Umar Nurmagomedov 2021 yildan beri UFC bayrog'i ostida jang o'tkazib kelyapti. SHu kungacha u 9 ta jang o'tkazib, 8 g'alaba va 1 mag'lubiyat qayd etdi. 28 yoshli Song Yadong esa UFC promoushenida 2017 yilda debyut qilgan. CHin yurti vakili hisobida o'tkazilgan 17 ta jangdan 12 g'alaba, 4 mag'lubiyat va 1 durang bor.

Fikrlar