31 may 12:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Nurmagomedov: "Sterling hech qanaqasiga Yanga qarshi revanshdan qochib qutila olmaydi"
Rossiyalik MMA jangchisi Umar Nurmagomedov Pyotr Yan va Aljemayn Sterling o'rtasidagi qarama-qarshilik haqida gapirib o'tdi.
"Sterlingni haqiqiy chempion deb hisoblaymanmi? Rasman, ha. Lekin, siz bu kamarga u loyiq edimi deb so'rasangiz, men unday deb hisoblamayman.
Aljameyn va Yan juda mos raqiblar. Ular albatta revansh o'tkazadi. Sterling hech qanaqasiga Yanga qarshi revanshdan qochib qutila olmaydi. UFC rahbarlari ham unga boshqa variant qoldirishmaydi. Bu jangda kim g'alaba qozonishini aniq bilmayman. Ammo, shunisi aniqki, kim ko'p mashq qilsa, o'sha g'alaba qozonadi.
Bu ikkala jangchi ham mening vaznimda. Men hozir ularga qarshi jang haqida biror narsa ayta olmayman. Ammo, kelajakda hamma narsa bo'lishi mumkin", - dedi Umar Nurmagomedov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar