24 avg 10:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Nurmagomedov UFC`dagi ikki asosiy maqsadini malum qildi
UFC engil vazn toifasida sobiq chempionlik davogari, rossiyalik Umar Nurmagomedov dunyoning eng kuchli tashkilotidagi faoliyatiga oid maqsadlarini ochiqladi.
"Albatta, men chempionlik kamari uchun jang qilishni istayman. Kim raqib bo'lishining farqi yo'q — men kamar uchun jang qilmoqchiman. Va, albatta, men Dvalishvili bilan revansh o'tkazmoqchiman. Bu rejaga muvofiq bo'lmagan yagona jang bo'ldi. O'zim uchun bilib olmoqchimanki, qo'lim sinmagan holatda qanday nafas olardim va bu uch raundni qanday o'tkazardim. Men o'zim uchun bu savol belgisini yopmoqchiman", — dedi Nurmagomedov Red Corner MMA YouTube-kanaliga bergan intervyusida.
Malumot uchun, Umar Nurmagomedov o'zining professional MMA rekordida 20 ta g'alaba (shundan to'qqiztasi muddatidan oldin) va bitta mag'lubiyatga ega.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar