27 avg 08:26
Yangiliklar
Boks/MMA
Nurmagomedov Yadong bilan jang oldidan hozirgi sport formasini ko'rsatdi + FOTO
UFC engil vazn toifasidagi (61 kg gacha) sobiq chempionlik davogari Umar Nurmagomedov 29 avgust kuni Xitoyning SHanxay shahrida navbatdagi jangini o'tkazadi.
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi UFC Fight Night 286 turniri doirasida xitoylik Song Yadongga qarshi oktagonga chiqadi. Umar ushbu muhim jangi oldidan o'zining hozirgi sport formasini namoyish etdi.
Malumot uchun, 30 yoshli Umar Nurmagomedov UFC`dagi debyutini 2021 yilda o'tkazgan. Dog'istonlik jangchi dunyoning eng nufuzli tashkilotida jami sakkizta g'alaba va bitta mag'lubiyatga ega. 28 yoshli Song Yadong UFC`dagi debyutini 2017 yilda o'tkazgan. U dunyoning eng nufuzli tashkilotida jami 12 ta g'alaba, 4 ta mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan.


Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar