08 iyu 11:30
Yangiliklar
Nurmagomedovning SHanxaydagi jangi rasman elon qilindi + POSTER
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi kutilganidek, xitoylik Song Yadongga qarshi oktagonga ko'tariladi. O'ta engil vazn toifasidagi ushbu to'qnashuv 29 avgust kuni Xitoyning SHanxay shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night 286 turnirining asosiy jangi bo'ladi.
Malumot uchun, 30 yoshli Umar Nurmagomedov chempionlik jangida Merab Dvalishviliga hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra yutqazib qo'yganidan keyin Mario Bautista va Deyveson Figeredoni engishga muvaffaq bo'lgandi.
28 yoshli Song Yadong ham so'nggi jangida aynan braziliyalik Figeredoni ikkinchi raundda gilotina bo'g'ish usulida mag'lub etgandi. Bu bilan u joriy yilning yanvar oyida SHon O`Mellidan qabul qilib olgan mag'lubiyatini yopib ketgandi.

Fikrlar