07 apr 12:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev American Top Team'da shug'ullanyapti (FOTO)
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Amerika Qo'shma SHtatlariga jo'nab ketgani haqida xabar bergandik.
Hamyurtimiz bo'lajak bahs uchun American Top Team jamoasi bilan hozirlik ko'rmoqda.
Bu haqda u o'zining Instagram'dagi sahifasida malum qildi. Nursulton bungacha Filadelfiyada Marquez MMA jamoasi bilan shug'ullanardi.
Ro'ziboevning keyingi jangi 27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida tashkil etiladigan UFC turniri doirasida "SHtorm" maktabi vakili, rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi bo'ladi.

Havola :
Manba : instagram.com/nursulton_ruziboev
Fikrlar