12 iyu 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev AQSHga jo'nab ketdi + FOTO
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi, UFC'da faoliyat olib borayotgan Nursulton Ro'ziboev keyingi jangiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida Amerika Qo'shma SHtatlariga jo'nab ketdi.
Ro'ziboev u erga yana bir hamyurtimiz, MMA jangchisi Bobir Tagiev hamrohligida ketdi. Sportchilarimiz AQSHda taniqli "Markes MMA" zalida shug'ullanishadi.
Avvalroq, Nursulton Ro'ziboev keyingi jangini sentyabr oyida o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Malumot o'rnida, 30 yoshli Nursulton Ro'ziboev (34-9-2) UFC'da hozirga qadar 3 ta jang o'tkazib, 2 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Havola :
Manba : instagram.com/nursulton_ruziboev
Fikrlar