18 iyu 12:35
Yangiliklar

Nursulton Ro'ziboev ishtirok etadigan UFC 319 turniri uchun bir qator janglar elon qilindi
Musobaqa doirasida o'rta vazn toifasidagi o'zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro'ziboev AQSH vakili Brayan Battlga qarshi oktagonga ko'tariladi.
UFC 319 markaziy jangi o'rta vazn chempioni Drikus dyu Plessi hamda Xamzat CHimaev o'rtasida kechadi.
Tashkilotchilar turnir uchun bir qancha janglarni elon qildi:
O'ta engil vaznda: Tim Elliot (AQSH) - Kay Asakura (Yaponiya)
Ayollar o'rtasida minimal vazn toifasida: Jessika Andrade (Braziliya) - Lupita Godines (Meksika)
Ayollar o'rtasida o'ta engil vaznda: Karine Silva (Braziliya) - Jey Jey Oldrich (AQSH)
Engil vaznda: Aleksandr Ernandes (AQSH) - CHeys Xuper (AQSH)
Engil vaznda: King Grin (AQSH) - Diego Ferreyra (Braziliya)
O'rta vaznda: Jerald Myorshart (AQSH) - Mixal Olekseychuk (Polsha)
Engil vaznda: Edson Barboza (Braziliya) - Drakker Kloze (AQSH).
Fikrlar