04 may 09:28
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboev: "UFC'da o'zim xohlagan janglarimni berishganida..."
"Bokuda jang qilayotganimdan xursandman. Ko'pchilik muxlislar janglarimning faqat AQSHda emas, balki Abu-Dabi kabi O'zbekistonga yaqinroq joylarda ham bo'lishini xohlashadi. SHunday bo'lgan taqdirda muxlislar kelib, meni qo'llab-quvvatlay oladi.
Raqib haqida gapiradigan bo'lsam, UFC'da menga kimni berishsa, jang qilish kerak. Bu safar Pulyaevni taklif qilishdi, men darhol rozi bo'ldim. U kuchli va yaxshi jangchi. UFC'da 2-3 ta jang o'tkazgan, shu sabab bu jang meni to'liq qoniqtiradi. Agar UFC'da o'zim xohlagan janglarimni berishganida, men allaqachon top darajaga chiqqan bo'lardim", dedi Ro'ziboev.
Malumot uchun, Nursulton Ro'ziboev va rossiyalik Andrey Pulyaev ishtirokidagi jang 27 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi turnir doirasida o'tkaziladi.
Fikrlar