30 mar 07:35
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev Xabib bilan munosabati haqida gapirdi
UFC promoushenidagi jangchimiz Nursulton Ro'ziboev sekin-asta xorij matbuoti etiborini ham o'ziga tortmoqda.
Aralash yakkakurash ustamiz rossiyalik hamkasblarimiz bilan suhbatda Nurmagomedovlar bilan munosabatiga ham to'xtalib o'tdi.
"Men Xabibning muxlisi bo'lganman. U bilan O'zbekistonga kelganida va aksincha men Dog'istonga borganimda ko'rishganmiz. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda hech qachon salom-alik qilib yozishmaganmiz. Ammo meni qaerda ko'rsa ham salomlashadi. Yani, Xabib meni to'g'ridan-to'g'ri taniydi. 2019 yilda Xabib otasi bilan birga Toshkentda o'tkazilgan turnirga kelishgandi. Musobaqadan tashqari Abdulmanap Nurmagomedov yoshlarga, xususan bizga o'zining qimmatli maslahatlarini bergandi. Tabiiyki, men u kishidan motivaciya olganman", — dedi Ro'ziboev.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar