30 apr 12:46
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev Xamzat CHimaev bilan ehtimoliy jang haqida: "U bilan jang qilishni istamasdim, sababi..."
O'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev Liganing amaldagi chempioni, BAA vakili Xamzat CHimaev bilan ehtimoliy jangi haqida fikr bildirdi.
"Xamzat bilan oktagonda to'qnash kelmaslikni xohlardim. Birinchidan, menga uning janglari yoqadi. Ikkinchidan, bizning munosabatlarimiz yaxshi, do'stmiz. Buning ustiga, men ko'p yillardan beri "Axmat" klubi sharafini himoya qilaman, u ham CHechenistonning "Axmat" klubidan.
SHu boisdan, agar qachondir to'g'ri kelib qolsa ham, vaziyat har xil bo'lishi mumkin: u yoki vaznini ko'taradi yo faoliyatini tugatadi. Yoki yana boshqa narsa sodir bo'lishi mumkin. Lekin umuman olganda, u bilan jang qilishni xohlamagan bo'lardim", dedi Ro'ziboev.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar