12 may 10:38
Yangiliklar
Boks/MMA
Nursulton Ro'ziboev Xamzat CHimaevning mag'lubiyatiga munosabat bildirdi
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Nursulton Ro'ziboev o'zi faoliyat olib borayotgan o'rta vazn toifasidagi endilikda sobiq chempion Xamzat CHimaev haqida gapirdi.
Xamzat 10 may kuni UFC 328 turniri markaziy jangida amerikalik SHon Striklendga imkoniyatni boy berib, tituldan mahrum bo'lgan edi.
"Bu shunchaki sport, birodar, sen hayotda chempionsan!", deb yozgan Ro'ziboev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Nursulton Ro'ziboevning o'zi 27 iyun kuni Bokudagi UFC Fight Night turnirida rossiyalik Andrey Pulyaevga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar