13 jan 19:33
Yangiliklar
Nursulton Ro'ziboevning jamoadoshi bo'lmish SHon Bredi navbatdagi jangini jiddiy raqibga qarshi o'tkazadigan bo'ldi
Musobaqadan o'rin olgan navbatdagi jang malum bo'ldi.
Tashkilot prezidenti Dana Uaytning xabar berishicha, musobaqa doirasida yarim o'rta vaznda amerikalik aralash yakka kurash ustasi SHon Bredi (16-1-0) oktagonga ko'tariladi. Yarim o'rta vazn reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan Brediga bu jangda braziliyalik Visente Lyuke (22-9-1) raqiblik qiladi. Lyuke UFC reytingida to'qqizinchi o'rinni band etib turibdi.
Malumot o'rnida, SHon Bredi hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboev va Firdavs Hasanovning jamoadoshi hisoblanadi. Ular AQSHdagi "Marquez MMA" zalida birgalikda mashg'ulot olib boradi.
Eslatib o'tamiz, SHon so'nggi jangini 2023 yil dekabr oyida Kelvin Gastelumga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
Fikrlar