15 fev 13:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboevning jangi asosiy karddan prelimga tushirildi
23 fevral kuni AQSHning Sietl shahridagi Climate Pledge arenasida UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro'ziboev AQSH vakili Erik Makkonikoga qarshi bahs olib boradi.
Jang elon qilingan paytda u asosiy kardga kiritilgan edi. Ammo turnirda o'zgarishlar yuzaga keldi. Jumladan, Rob Font Dominik Kruz bilan bahs olib borishi elon qilindi, bundan tashqari, taniqli Edson Barboza ham kardga qo'shildi.
Bu holatda Ro'ziboevning Makkoniko bilan bellashuvi prelim kardga tushib qoldi. UFC Seattle prelim kard janglari bizning vayt bilan 23 fevral kuni soat 4:00 da boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar