04 iyu 16:46
Yangiliklar

Nursulton Ro'ziboevning keyingi raqibi kim ekani aniq, bu Bo Nikal emas - insayder
31 yashar hamyurtimiz 16 avgust kuni AQSHning CHikago shahrida tashkil etaladigan UFC 319 turniri doirasida oktagonga ko'tariladi.
Nursulton Ro'ziboevga turnir doirasida polshalik Mixal Olekseychuk raqiblik qiladi.
Bu haqda Kayl Dokas malum qildi. Har ikki jangchi o'z sahifalari orqali CHikagoda jang qilishini tasdiqlashgan.
UFC 319 turnirining markaziy bellashuvi o'rta vazn chempioni Drikyus Dyu Plessi va Xamzat CHimaev o'rtasida kechadi. Ro'ziboev — Olekseychuk bahsi ham aynan o'rta vazn toifasida tashkil etiladi.
Andijonda tug'ilgan Ro'ziboev faoliyati davomida 47 ta jang o'tkazib, 36 ta g'alaba, 9 ta mag'lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. 30 yoshli Olekseychuk hisobida esa 20 ta g'alaba va 9 ta mag'lubiyat bor.
Avvalroq, Nursulton so'nggi jangidagi g'alabasidan keyin Bo Nikal bilan bellashish istagini bildirgandi.
Fikrlar