24 iyu 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboevning navbatdagi jang sanasi va raqibi malum bo'ldi
O'zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro'ziboev navbatdagi jangini UFC 308 turnirida o'tkazishi kutilmoqda.
26 oktyabr kuni Abu-Dabi mezbonlik qiladigan turnirda hamyurtimizga rossiyalik Rinat Faxriddinov (24-1) raqib bo'ladi.
UFC tez orada ushbu to'qnashuvni rasman tasdiqlashi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Nursulton so'nggi jangini shu yil may oyida Xoakin Bakliga qarshi o'tkazib, ochkolar evaziga mag'lub bo'lgandi.
Faxriddinov esa iyun oyida Saudiya Arabistonida o'tkazilgan turnirda daniyalik Nikolas Dolbini ochkolar evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar