09 sen 16:15
Yangiliklar
Boks/MMA

Nursulton Ro'ziboevning ukasi u bilan bir oqshomda jang qiladi
MMAchimiz Nursulton Ro'ziboev (30-8) Open FC 10 turnirida oktagonga ko'tarilishi haqida xabar bergan edik.
Nursultonning ukasi Mashrabjon Ro'ziboev (11-3-1) ham ushbu kechada jang qiladi. Bu haqida katta Ro'ziboev Instagram sahifasida malum qildi.
25 yoshli Mashrabjon Ro'ziboevga rossiyalik Aleksandr Jarkov (3-1) raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz Open FC 10 turniri 12 centabr oqshomida Moskvada bo'lib o'tadi. Ushbu turnirda yana bir hamyurtimiz Raxmatullo Sattarov (7-1) mezbonlar vakili Ilya Bachkov (8-3-1) bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar