17 noy 16:37
Yangiliklar
Olimpiya o'yinlari
OAV: JAR 2036 yoki 2040 yilgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun ariza bermoqchi
Janubiy Afrika Respublikasi ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko'ra, 2036 yoki 2040 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari mamlakat hududida tashkil etilishi mumkin.
SHu paytgacha hech bir Olimpiada Afrika davlatlarida o'tkazilmagan.
Janubiy Afrika Respublikasi hukumati ham mamlakat 2036 yoki 2040 yilgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarini o'tkazish uchun ariza berishni rejalashtirayotganini elon qilgani aytilmoqda.
Mamlakat vaziri Xumbudzo Ntshaveni so'zlariga ko'ra, ular iyun oyidan beri zimbabvelik Kirsti Koventri raislik qilayotgan Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) bilan ushbu masala bo'yicha doimiy muloqot qilib kelmoqda.
Avvalroq, Indoneziya, Hindiston, Turkiya, Qatar va Saudiya Arabistoni kabi bir qancha davlatlar 2036 yilgi Yozgi Olimpiya o'yinlarini o'tkazishga qiziqish bildirgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar