28 sen 14:18
Yangiliklar
Octagon 63: To'rt hamyurtimizning faqatgina birida g'alaba
Ushbu oqshom doirasida to'rt aralash yakkakurash ustamiz oktagonga chiqdi va afsuski, ularning uch nafari o'z janglarida mag'lub bo'lishdi. Birgina Mironshoh Huseynov qozog'istonlik Didar Nagimoldanovni birinchi raunddayoq mag'lubiyatga uchratdi.
Turnirda taniqli MMA jangchimiz Jahongir Najmiddinov ham oktagonga chiqishi zarur edi. Ammo nomalum sabablarga ko'ra, uning ishtirokidagi bellashuv bekor qilindi.
Engil vaznda: Asadbek Qahhorov (5-3-0) - Sayat Abduali (Qozog'iston, 7-0-0), (ochkolar hisobiga ko'ra)
O'ta engil vaznda: Bekzod Abdurahimov (5-1-0) - Saymumin Madiev (Tojikiston, 8-1-0), (2-raundda sabmishen)
Eng engil vaznda: Dilshod Kubaev (4-3-0) - Abay Jalal (Qozog'iston, 6-0-0), (1-raundda TKO)
Yarim engil vaznda: Mironshoh Huseynov (5-0-0) - Didar Nagimoldanov (Qozog'iston, 3-2-0), (1-raundda KO).
Fikrlar