03 apr 00:53
Yangiliklar
Boks/MMA
"Octagon 85". SHohasan Mirzamatov ishtirkidagi markaziy jang 1-raunddayoq to'xtatildi
Toshkent shahridagi "Humo Arena"da MMA bo'yicha "Octagon 85" turniri bo'lib o'tdi.
Turnirning markaziy jangida hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov yarim o'rta vazn toifasining chempioni, qozog'istonlik Bogdan Pshebelskiyga qarshi oktagonga ko'tarildi.
5 raundga mo'ljallangan jang 1-raunddayoq yakunlandi.
Ilk raundda Bogdan SHohasanning beldan past qismiga zarba berdi va oqibatda Mirzamatov jangni davom ettira olmadi.
SHu tariqa, ushbu jang amalga oshmagan deb hisoblandi.
Bogdan Pshebelskiy chempionlik kamarini o'zida saqlab qoldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar