01 apr 16:43
Yangiliklar
Boks/MMA
Kutganmidingiz? SHohjahon Ergashevning Batir Jukembaev bilan jangi qoldirildi
Bu malumotni har ikki charm qo'lqop ustasi ham tasdiqladi.
9 may kuni Toshkentdagi "Humo Arena" saroyi All Stars Entertainment kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan navbatdagi professional boks oqshomiga mezbonlik qilishi kerak edi. Biroq musobaqa bekor bo'ldi.
Turnir doirasida hamyurtimiz SHohjahon Ergashevning Qozog'iston vakili Batir Jukembaevga qarshi jang o'tkazishi belgilangandi.
Malum bo'lishicha, endi Ergashev va Jukembaev jangi, shuningdek, turnir kardidan o'rin olgan boshqa bellashuvlar 6 iyun kuni o'tkaziladi. Manzil o'zgarishsiz qolgan.
SHohjahon faoliyati davomida shu kunga qadar 28 ta jang o'tkazib, 26 g'alaba va 2 mag'lubiyat qayd etgan. Jukembaev hisobida esa 24 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar