02 apr 21:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Odilxon Toshkentda qozog'istonlik sportchi bilan jang qildi
"Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 85 turniri o'tkazilmoqda.
Musobaqa asosiy kardining ilk jangida taniqli pop-MMA jangchimiz Odilxon Kamolov oktagonga ko'tarildi.
Qozog'iston vakili Kemenger Auezovga qarshi bahsda Kamolov hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi.
Endi Odilxonning hisobida 10 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor. Auezov esa bugun ikkinchi jangida ilk mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar