So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

23 mar 16:07
Yangiliklar

Boks/MMA

Octagon chempioni SHohasan Mirzamatovga keskin "otvet" qildi

Yarim o'rta vaznda Octagon chempioni qozog'istonlik Bogdan Pshebelskiy 2 aprel kuni Toshkentda bo'lib o'tadigan jangdagi raqibi SHohasan Mirzamatovning gaplariga javob qaytardi.

"SHohasan, men katta kalla deb aytmagan bo'lardim. Umuman, uxlab qolishimga ishonching komilmi? Ehtiyot bo'l, kamar orzusidan ayrilib uyg'onib ketmagin. Birinchi raundda nokautga uchratishga qaror qilganing uchun meni juda past baholaganingni ko'rib turibman. Sekundantlaringga ayt, kislorod ballonini tayyorlab qo'yishsin, chunki bu sen uchun juda kerak bo'ladi. 2 aprelda ko'rishguncha, Qozog'iston Alga!", - dedi Pshebelskiy.

"Men chempionlik jangiga uzoq yo'l bosib keldim. Hayotimdagi turli vaziyatlar bu jangga etib kelishimga to'sqinlik qildi. Ayrimlar divizionda kimdandir qo'rqadi deb o'ylashadi, lekin men jangda hech qachon qo'rquvni his qilmaganman. Bogdan qo'llarini balandroq ushlagani maqul, chunki uning yirik boshiga zarba bermaslik qiyin bo'ladi. Jang uzoq davom etmaydi. Amaldagi chempion Toshkentda "uxlab" qoladi va men yangi kamarni o'zbek xalqiga sovg'a qilaman", degandi Mirzamatov.

Yarim o'rta vazn toifasida Octagon chempionligi uchun kechadigan ushbu jang Octagon 85 turnirining asosiy voqeyligi bo'ladi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing