04 apr 15:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Octagon League Odilxon va Kamil Karate o'rtasidagi trilogiyani elon qildi (POSTER)
Kuni kecha navbatdagi Octagon turniriga ham Toshkent shahri mezbonlik qilishi rasman malum qilingan edi.
Liga rasmiy saytida xabar berilishcha, 1 may kuni "Humo Arena"da o'tkaziladigan turnir kardiga qiziqarli va shu bilan birga olovli jang qo'shildi. Pop-MMA jangchilari Odilxon Kamalov va tojikistonlik Kamil Karate nomi bilan tanilgan Qamariddin Hasanov o'zaro uchinchi bor oktagonda to'qnash keladi. Trilogiya Liga tomonidan rasman tasdiqlandi.
Bu ikki sportchi o'rtasidagi o'zaro uchinchi jangga aylanadi. Ularning dastlabkisi Kamilning qo'lidan olgan jarohati sabab o'tkazilmagan deb topilgan bo'lsa, ikkinchi bellashuvda Odilxon mag'lubiyat alamini totib ko'rgandi. Har ikkala jang ham "Humo Arena"da tashkil etilgandi. Uchinchi jang barcha savollarga javob beradi.

Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar