25 sen 08:34
Yangiliklar
Boks/MMA

Octagon League sobiq chempioni UFC'dan shartnoma oldi
Yarim engil vazn toifasida qozog'istonlik Octagon League tashkiloti sobiq chempioni Murtazali Magomedov (10:0) faoliyatini UFC'da davom ettiradi.
26 yoshli Magomedov Las-Vegasda o'tkazilgan Dana Uayt davogarlar seriyasida jang qilib, meksikalik Braxin Zurxer (9:1) ustidan muddatidan avval g'alaba qozondi. Bu orqali u UFC'dan shartnoma yutib oldi.
Qirg'izistonlik sportchi o'tgan yili hamyurtimiz Sardor Xudoyberdievni mag'lub etib, Octagon League chempioni bo'lgandi.
Havola :
Manba : Спорт Шредингера
Fikrlar