16 jan 19:16
Yangiliklar
Boks/MMA
Octagon League Toshkentda yana turnir o'tkazadi. Bu safar Doston Bozorovni ham ko'ramiz (POSTER)
1 fevral kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Octagon 84 turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz Sardorbek Ro'ziev (4-0-0) Qozog'iston vakili Kaysar Jaugasharga (6-0-0) qarshi bahs olib boradi. Jang o'ta engil vazn toifasidagi vaqtinchalik (Interim) kamar uchun o'tkaziladi. Ro'ziev ayni damda Liga reytingida 8, Jaugashar esa 5-o'rinni egallab turibdi.
SHuningdek, Liga matbuot xizmatiga ko'ra, Octagon 84 turnirida Doston Bozorov, Fazliddin Madrahimov (Tojikiston), Asadbek Saidov, Parviz Nasrullaev, SHahzod "Gold" Uzoqov, Jasurbek "Tayson" Jo'raev kabi atletlar ishtirok etadi.

Havola :
Manba : octagonleague
Fikrlar