30 mar 11:45
Yangiliklar
Boks/MMA
Octagon League'ning yana bir sobiq chempioni Mangu'ga o'tdi (POSTER)
Mamlakatimizning Mangu MMA Ligasi tajribali va shu bilan birga taniqli aralash yakkakurash ustalari bilan shartnoma imzolashda davom etmoqda.
Eng engil vazn toifasida Qozog'istonning Octagon League tashkilotida chempionlik kamarining sobiq egasi, o'zbekistonlik MMA ustasi Muhammadjon Qurbonov faoliyatini Mangu MMA'da davom ettiradi.
Bu haqda Liga va sportchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berildi. Qurbonov Mangu'dagi ilk jangini 25 aprel kuni o'tkazishi kutilmoqda.
Malumot uchun, Muhammadjon faoliyati davomida 18 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan.

Havola :
Manba : Mangu MMA
Fikrlar