07 fev 12:38
Yangiliklar
Boks/MMA

Octagonleague U1. Avliyoxon Hamidovning raqibi malum
Xabaringiz bor, 19 fevral kuni poytaxtimizda katta MMA oqshomi bo'lib o'tadi.
Octagonleague va U1 hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu turnirda taniqli MMAchimiz Nursulton Ro'ziboev braziliyalik Luchano Kontiniga qarshi oktagonga ko'tariladi. Ushbu oqshom doirasida yana bir yurtdoshimiz Avliyoxon Hamidov ozarbayjonlik Ruslan Rustamov bilan o'zaro jang qiladi.
SHuningdek, 19 fevral kungi turnirda Nursulton Ro'ziboev va Avliyoxon Hamidovdan tashqari o'zbekistonlik MMAchilardan Doston Bozorov, Jahongir Jumaev, Abdul-Aziz Sotvoldiev, SHarif Kushaev, Hikmatillo Abdullaev, Anvar Abdullaev, Mirsaid Saparov, Suhrobbek Otajonov, Sardor Xudayberdiev, Islom Baltaev, Sardor Babayanov, Diyorbek Ro'ziboev, Qurbonali Normurodovning ham oktagonga chiqishi rejalashtirilgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar